Ko‘rgazmadagi taassurot

Toshkent shahrida joylashgan Ekspo markazida Innoporm ko‘rgazmasida institut yoshlar ittifoqi jamoasi faol ishtirok etishmoqda. «Big industrial week Uzbekistan» Xalqaro ko‘rgazmasiga Yoshlar Kengashi a’zolari bilan birgalikda “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin - qizlar kengashi raisi Xoliqova Nargiza va Yoshlar yetakchisi Yigitaliyeva Ruxshona boshchiligida bir guruh talaba- yoshlar tashrif buyurishdi. Ko‘rgazmada «Kirovets», «Klaas», «Rosselmash», «Russian helicopters» va shu kabi yetakchi korxonalarning texnikalari bilan tanishib qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

​​​​​​​

Ko‘rgazmada yoshlarning ishtirokini ko‘pligi albatta, quvonarli holat, yurtimizda ham innovatsion muhitning yaxshilanishiga yoshlarning harakati, yoshlarning intilishlari asos bo‘ladi. Yaqin kelajakni robotlar, nano texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin, yoshlarimiz zamon bilan hamnafas bo‘lishi lozim.
 

TIQXMMI matbuot xizmati