USCHOOL dan bir yillik kurs uchun sertifikat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yilning 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2021 yil uchun ustuvor fan yo‘nalishlari etib Fizika va Xorijiy tillarni o‘qitish, deb belgilab berildi. Shu bilan birga, institutimizda talabalarning xorijiy tillarni bilish darajasini yanada oshirish maqsadida olib borilayotgan izchil islohotlarning davomi sifatida tanlov e’lon qilinadi.

Shu bois, institutning Xalqaro hamkorlik bo‘limi va USCHOOL o‘quv markazi bilan hamkorlikda tanlov tashkil etiladi. Tanlov g‘olibiga bir yil uchun USCHOOLda bepul ingliz tili kursida o‘qish uchun sertifikat beriladi. Tanlovda ishtirok etish talablari quyidagicha:

  1. TIQXMMI talabasi bo‘lishi lozim;
  2. O‘zlashtirish ko‘rsatkichi yaxshi va a’lo baholardan iborat bo‘lishi lozim (reyting daftarchasi nusxasi);
  3. Maxsus ariza blankasini to‘ldirilishi lozim. Inshoda nega aynan sizga ushbu imkoniyatni berishimiz kerakligi yoritib bering. Umumiy hajmi 3 betdan oshmasligi lozim.

Topshirish muddati: 2021 yil 2 fevral, soat 17.00

Topshirish manzili: Institutning Xalqaro hamkorlik bo‘limi, 11-binoning 306-xonasi

Ma’lumot uchun: USCHOOL ingliz tili kurslari bilan Toshkent shahrida yuqori mavqega ega o‘quv markazi hisoblanadi. 5 bosqichdan iborat ingliz tili kurslari, jumladan IELTS kursi ham mavjud. Boshlang‘ichdan to professional (advanced) darajagacha bosqichlarni qamrab olgan. Ushbu o‘quv markazi institut 11-binosi 8 qavatida joylashgan.

Uschool Grant Tanlovi uchun Ariza