O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni imzolandi.
11.12.2025

Ushbu Farmonga muvofiq, universitetimizdan qishloq xo‘jaligi sohasi rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi, ilmiy izlanishlari va faoliyati uchun “Kelajak bunyodkori” medali bilan quyidagi hamyurtimiz taqdirlandi:
Turdiyev Akbarli Usmon o‘g‘li —"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti tayanch doktoranti.
Mazkur e’tirof Akbarli Turdiyevning ilm-fan va innovatsiyalar rivojiga qo‘shayotgan salmoqli hissasi, yosh olim sifatida ko‘rsatayotgan yuqori natijalari uchun davlatimiz tomonidan berilgan yuksak bahodir.
Universitetimiz jamoasi nomidan chin dildan tabriklaymiz!
Kelgusi ilmiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi yutuqlar tilaymiz.