Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv xo‘jaligi va irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy tashrif
09.10.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025–2028-yillarga mo‘ljallangan dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ–250-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 6–9-oktyabr kunlari Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori professor Shuxrat Shokirov boshchiligidagi universitet professor-o‘qituvchilari, Gidromelioratsiya fakulteti dekani dotsent Javlon Ishchanov, dotsent Baxodir Amanov hamda dotsent Bexzod Norqulovlar Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib qaytdi.
Tashrif davomida universitet olimlari tomonidan irrigatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, Suv xo‘jaligi vazirligi balansidagi nasos stansiyalaridagi eskirgan nasos va elektr dvigatellarni zamonaviy, energiya tejamkor uskunalarga almashtirish orqali ularning samaradorligini oshirish, yillik elektr energiyasi sarfini kamaytirish hamda suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqildi.
Universitet ilmiy tuzilmasi axboroti





