“EKSPONENTA” kompaniyasi yetakchi mutaxassislari “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida

09.10.2025

#Xalqaro hamkorlik #Yangilik

  “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida Axborot texnologiyalari, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt kafedralari professor-o‘qituvchilari hamda Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi xodimlari uchun “EKSPONENTA” injenerlik texnologiyalari va modellashtirish markazi” MChJ (ООО центр инженерных технологий и моделирования "Экспонента") kompaniyasi Bosh direktori Nikita Bogoslovskiy tomonidan seminar-trening o‘tkazildi.

  Ushbu seminar yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ta’lim jarayoniga zamonaviy Axborot texnologiyalari (AT) va Sun’iy Intellekt (SI) yechimlarini joriy etish, shuningdek, universitet va sanoat korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan edi.

  "EKSPONENTA" MChJ – bu Rossiya Federatsiyasining yuqori texnologiyali muhandislik xizmatlari va innovatsion dasturiy ta’minot yechimlarini taqdim etuvchi yetakchi kompaniyalardan biridir.

Kompaniyaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari:

  • • Ilmiy-texnikaviy maslahatlar: Muhandislik va ilmiy loyihalar uchun professional yordam ko‘rsatish.
  • • Modellashtirish va simulyatsiya: Murakkab tizimlar va jarayonlarni modellashtirish, virtual sinov maydonchalarini yaratish.
  • • Dasturiy ta’minotni yetkazib berish va qo‘llab-quvvatlash: MathWorks, National Instruments, Altair kabi dunyoning yetakchi kompaniyalarining dasturiy mahsulotlarini yetkazib berish va texnik qo‘llab-quvvatlash.
  • • Ta’lim va treninglar: Muhandislik hisob-kitoblari va modellashtirish sohasida malaka oshirish kurslarini o‘tkazish.

  "EKSPONENTA" kompaniyasi sanoat, ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun raqamli transformatsiya jarayonlarida ishonchli hamkor hisoblanadi. Uning yechimlari mahsulotlarni loyihalash va ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli darajada oshirishga yordam beradi.