"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti yana dunyo reytinglarida oldingi o‘rinlarda!
09.10.2025

🏆 Times Higher Education (THE) World University Rankings 2026 natijalariga ko‘ra, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti o‘z pozitsiyasini yanada mustahkamlab, dunyo universitetlari orasida yuqori o‘rinlarni egallashda davom etmoqda.
Umumiy natijalarga ko‘ra, universitet THE World University Rankings 2026 talqinida #501+ o‘rinni egalladi.
⚫️Ta’lim sifati (Teaching) ko‘rsatkichida universitet 2026-yilda 35.9 ballga erishdi dunyo bo‘yicha 489 o‘rinni egalladi.
⚫️ Tadqiqot sifati (Research Quality) bo‘yicha 79.9 ballga erishdi dunyo bo‘yicha 345 o‘rinni.
⚫️ Xalqaro hamkorlik (International Outlook) ko‘rsatkichida: 51.2 gacha oshirdi dunyo bo'yicha 866 o'rin
⚫️ Ishlab chiqarish bilan hamkorlik (Industry) sohasida ham barqaror o‘sish kuzatilib, ball 49.4 gacha ko‘tarildi dunyo bo'yicha 958 o'rin.
Universitet o‘tgan yilgi ko‘rsatkichidan 170+ dan ortiq pog‘onaga ko‘tarilishga erishdi. Bir yil ichida bunday katta o‘sishga erishish reyting agentligi tomonidan ham alohida e’tirof etildi va rekord darajadagi natija sifatida baholandi.
Ushbu natijalar “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining xalqaro miqyosda tan olinayotgani, mintaqada esa yetakchilik mavqesini mustahkamlab borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti — O‘zbekistonning faxri, mintaqaning yetakchisi, dunyoning e’tiborida!