Xalqaro miqyosdagi anjuman
08.10.2025

Bugun “Toshkent
irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”
Milliy tadqiqot universitetida dunyoning 40 ga
yaqin mamlakatidan olimlar, izlanuvchilar va soha vakillari ishtirokida “Suv xavfsizligi va iqlim o‘zgarishi- 2025”
deb nomlangan xalqaro ilmiy amaliy konferensiya ish boshladi.
Mazkur konferensiya
Germaniya akademik almashinuv xizmatining “Taraqqiyot hamkorligida oliy
ta’limning mukammalligi” dasturi doirasida tashkil etilgan. 2016-yildan buyon
Tayland, Germaniya, Keniya, Meksika, Vetnam va Ekvador kabi mamlakatlarda
muvaffaqiyatli o‘tkazilgan ushbu konferensiya butun dunyo bo‘ylab innovatsion
g‘oyalar va amaliy yechimlar uchun global platformaga aylangan. Bu yilgi
konferensiya uchun iqlimga
bog‘liq ekstremal holatlarga moslashish, oziq-ovqat va ekologik
tizimlar uchun suv, sun’iy intellekt va katta ma’lumotlardan
foydalanish kabi uchta asosiy mavzu belgilangan.
Anjumanda ilm-fan, oliy ta’lim va ishlab
chiqarish sohalarining ilg‘or vakillari sohaga doir ilmiy izlanishlarining
natijalari bilan ishtirok etishmoqda.
Suv xavfsizligi va iqlim
o‘zgarishi – bugungi dunyodagi eng dolzarb muammolardan. Oral dengizi fojiasi
ortidagi xulosalar va mintaqadagi chegaraviy suv muammolari fonida, bu
konferensiya yangi, barqaror suv siyosati sari qadam tashlashni maqsad qilgan.
To‘qqizinchi marta bo‘lib
o‘tayotgan konferensiya butun dunyo bo‘ylab faoliyat yuritadigan muhim
platformadir.
Maqsadimiz, iqlim
o‘zgarishidan qattiq zarar ko‘rayotgan, suv tanqisligiga yuzlanayotgan
mamlakatlarda suvdan samarali foydalanuvchi texnologiyalarni joriy qilishga
ko‘maklashishdan iborat.
Suv xavfsizligi va iqlim
o‘zgarishi bir - biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ikkita muammodir. Ushbu
ilmiy amaliy konferensiya o‘zaro chamabarchas bog‘liq muammolarga hamkorlikda
xalqaro miqyosda yechim izlash imkoniyatini berishi bilan ham ahamiyatlidir. Suv resurslarini
boshqarish bilan shug‘ullanadigan olimlar, faollar va soha vakillari
sa’y-harakatlarini birlashtirilishi
maqsadga muvofiq.
Jahon miqyosida
iqlimga bog‘liq ekstremal holatlarning ko‘payib borishi kuzatilmoqda. Yer osti va yer
yuzi suvlarining ifloslanish xavfi ham ortib borayotgan bir paytda, suv
boshqaruviga nisbatan yondashuvni qayta ko‘rib chiqish lozim.
Konferensiya
sho‘balarga bo‘lingan holda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Universitet
matbuot xizmati



















