Korrupsiyaga qarshi kurashda talaba yoshlarning o‘rni
08.10.2025

Talabalar orasida huquqiy savodxonlikni oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashning ahamiyatini tushuntirish, korrupsiya holatlaridan ogohlantirish va ularga qarshi chora-tadbirlarni muhokama qilish maqsadida 8-oktyabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Ekologiya va huquq” fakulteti 1-bosqich talabalari bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida suhbat o‘tkazildi. Suhbatda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.U.Gapparov bo‘lim bosh mutaxassisi SH.SHodvonov hamda fakultet tytorlari X.R.Saidova va D.SH.Xudoynazarovalar qatnashdi. A.U.Gapparov tadbirda so‘zga chiqib korrupsiyaga qarshi kurash strategiyasining muhim jihatlari haqida 1-kurs talabalariga ma’lumot berdi, Tadbirda barcha talabalar faol ishtirok etdilar. Suhbat savol-javob va bahs-munozara tarzida olib borildi.





