Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha o‘quv-amaliy mashg‘ulot tashkil etildi
08.10.2025

“Gidrotexnika qurilishi” fakulteti talabalari ishtirokida Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi tomonidan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga oid o‘quv-amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mazkur mashg‘ulot davomida kafedra dotsenti Saidxonova Nazokat Joldasovna talabalarni favqulodda vaziyatlarda, xususan, zilzila sodir bo‘lishi ehtimoli mavjud bo‘lgan holatlarda to‘g‘ri va xavfsiz harakatlanish qoidalari bilan batafsil tanishtirdi. Zilzila oldidan, uning davomida hamda undan keyingi bosqichda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar haqida amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, mashg‘ulot davomida kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlar va baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Tadbir yakunida talabalar tomonidan bildirilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.





