Xorijiy talabalar bilan suhbat
08.10.2025

2025 yilning 7-oktyabrida “Yer resurslari va kadastr” fakultetining 2-sonli talabalar turar joyida xorijiy talaba qizlar bilan birgalikda davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – xorijiy talabalarning talabalar turar joyidagi turmush sharoiti, ta’lim jarayonidagi faol ishtirokini ta’minlash, ularning muammolarini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.
Suhbat jarayonida talabalarning ta’lim, sog‘liqni saqlash, dam olish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi. SHuningdek, ularning mamlakatimizdagi ijtimoiy hayotga moslashishi, milliy urf-odat va an’analarni bilishi yuzasidan fikr almashildi.
Xorijiy talaba qizlar o‘z fikr va takliflarini bildirishib, yaratilgan shart-sharoitlardan mamnun ekanliklarini ta’kidladilar.
Suhbat samimiy va do‘stona muhitda o‘tdi. Tadbir yakunlangach, kelgusida bunday muloqotlarni muntazam o‘tkazib borish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
YRK fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova axborati
Universitet matbuot xizmati



