Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuasiga talabalar tashrifi
16.09.2025
Joriy yilning 15-sentyabr kuni “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori va ularga biriktirilgan faol talabalar bilan birgalikda poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan markaziy maydonlaridan biri bo‘lgan “Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuasi”ga tashrif buyurishdi.
Talabalar tashrifi davomida Bo‘zsuv kanali bo‘yida joylashgan majmua barpo etilgan joy 20-asrning 40-yillariga qadar Toshkent shahrining xilvat chekkasi bo‘lgan. 40-yillarda xuddi shu joydagi 3 ta qatlgohda sho‘rolar tomonidan millatning ilg‘or vakillari begunoh vatandoshlar qatl qilinganligi qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlab sobiq qatlgoh o‘rnida shahidlar yodgorlik majmuasi bunyod etilgan.
Talabalar ramziy sag‘ana atrofida sukunat taralib turishi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar va ularda hozirgi tinch va osuda zamonamizga shukronalik tuyg‘usi yanada oshdi.
“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori I.Ahmedova axboroti
Universitet matbuot xizmati