Odob-axloq qoidalari va ID kartalarini topshirish tadbiri

11.09.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  2025-yil 10-sentyabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Yer resurslari va kadastr” fakultetining 107-108-guruh talabalari ishtirokida muhim tadbir tashkil etildi.

  Fakultet tyutori Turg‘unova Maftuna Zakirovna boshchiligida o‘tkazilgan ushbu tadbirda talabalar bilan universitetda amal qilinadigan odob-axloq qoidalari bo‘yicha suhbat o‘tkazildi. Tadbir davomida talabalar universitet ichki tartib-qoidalari, kiyinish madaniyati, o‘qishdagi intizom, talabalar odobi hamda axborot texnologiyalaridan foydalanish madaniyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

  Shuningdek, mazkur tadbir doirasida 1-bosqich talabalarga universitet ID kartalari tantanali ravishda topshirildi. ID karta – talabalar uchun universitet hududida erkin harakatlanish, kutubxona xizmatlaridan foydalanish, shuningdek, boshqa ko‘plab ichki tizimlarga kirish imkonini beruvchi muhim vosita hisoblanadi.

  Tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va kerakli javoblarni olishdi.

“Yer resurslari va kadastr” fakulteti tyutori M.Turg‘unova axboroti

Universitet matbuot xizmati