"Mahalla yoshlari intellektual to‘garaklarda"
15.07.2025
#Ma`naviy va tashkiliy
#Yangilik

"Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida tashkil etilgan shaxmat va shashka to‘garaklariga nafaqat talabalar, balki mahalla yoshlari ham faol jalb etilmoqda.
Bunday tashabbuslar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, tafakkurini charxlash va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Intellektual o‘yinlar orqali nafaqat zehn, balki irodaning mustahkamlanishi ham ta'minlanadi.





