“TIQXMMI” MTU “Gidrologiya va gidrogeologiya”kafedrasi a'zolari Xorvatiyaning Shimoliy universitetiga tashrif buyurdilar

15.07.2025

#Ilmiy faoliyat #Ta`lim #Xalqaro hamkorlik #Yangilik

Joriy yilning 30-iyunidan 10 iyuliga qadar “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Gidromelioratsiya fakulteti “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi mudiri Ilhom Ruziyev va katta o‘qituvchisi Sobir Qodirovlar Xorvatiyaning Shimoliy universitetiga tashrif buyurdilar. Dastlab “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedra jamoasi a’zolarini Xorvatiyaning Shimoliy universiteti Ilmiy ishlar bo’yicha prorektori professor Anica Hunjet qabul qildi. Ta’kidlash kerakki, barcha ushrashuvlarni Shimoliy universitet fuqarolik muhandisligi kafedrasi professori Boyan Durin tashkillashtirdi. Tashrif davomida “Geodeziya va geomatika” kafedrasi mudiri, professor Danko Markovinonic, “Mexanik muhandisligi” kafedrasi professori Aleksey Aniskinlar bilan ham uchrashuvlar o’tkazildi. Qolaversa, Kosovoning Pristina universiteti professor-o’qituvchilarining shamol energiyasiga bag’ishlangan maxsus prezentatsiyasida ham ishtirok etishga muvaffaq bo’lindi.

Professor Durin tashabbusi bilan Plitvisa dayrosida suv sarfi va suv harorati ikki xil zamonaviy asbob (parrak va profilograf) yordamida o’lchandi.

Dastavval har ikki universitet vakillari amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirib o’tishdi. Shundan so’ng, Gidrologiya, muhandislik qurilishi, geodeziya va geoinformatika, energetika hamda tabiiy fanlar yo’naishlarida hamkorlikda qo’shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, maqolalar chop etish imkoniyatlari ko’rib chiqilib, ularni amalga oshirish yo’llari kelishib olindi. Qolaversa, Gidrologiya mutaxassisligi bo’yicha qo’shma magistratura dasturini yo’lga qo’yish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tayyorlovchi: I. Ro’ziyev va S.Qodirov