Tarix bilan yuzma-yuz: Turkmanistonlik talabalar Amir Temur muzeyida

12.07.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik


  Dolzarb 90 kun dasturi doirasida, "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida tahsil olayotgan Turkmanistonlik talabalar buyuk ajdodimiz Amir Temur nomidagi Tarixiy muzeyga tashrif buyurishdi.

  Bu tashrif talabalar uchun tarixiy merosimiz, Amir Temur bobomizning davlat boshqaruvi, harbiy strategiyasi va ilm-fanga bergan ulkan hissasini chuqur anglashda muhim o‘rin tutdi.

  Muzeyda namoyish etilgan noyob eksponatlar, tarixiy hujjatlar va san’at asarlari orqali talabalar o‘z bilimlarini yanada boyitdilar.

  Ushbu tashrif ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy yaqinlik ramzi sifatida tarixiy ahamiyat kasb etdi.