Ilmiy va o‘quv faoliyatining xalqarolashuvi
09.07.2025
#Xalqaro hamkorlik
#Yangilik

Universitetimizning Yer resurslari va kadastr fakulteti dunyoning QS reytingida TOP-186, THE reytingida TOP-134 o‘rinda turadigan Xitoyning Uxan universiteti, Geoinformatika fakulteti bilan kelishuv memorandumi imzoladi. Kelishuvga ko‘ra ikkala tomon magistr, tayanch doktorant va professor-o‘qituvchilarining o‘zaro almashinuv dasturiga ko‘ra stajirovkalarni amalga oshirish, hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish va hammualliflikda ilmiy maqolalar yozish vazifalari belgilab olindi.
Bundan tashqari magistr talabalari uchun Uxan universitetining malakali professor-o‘qituvchilarini masofadan dars o‘tishi inobatga olingan holda universitetga ishga qabul qilish masalalari ham muhokama qilindi.









