Uhan universitetida geoinformatika bo‘yicha xalqaro tajriba: TIQXMMI magistrantlarining yozgi ilmiy safari
08.07.2025

“TIQXMMI”-MTU ning “Geodeziya va Geoinformatika” ta’lim yo‘nalishi 1-kurs magistratura talabalari Xitoyning Uhan universitetida o‘tqazilayotgan “International Geoinformatics Summer school” da qatnashishmoqdalar. Magistr talabalar u yerda “Sun’iy intellekt va mashinali o‘rganish” hamda “Sun’iy intellekt asosidagi SAR (sintezli aperturaviy radar) ma’lumotlari tahlil qilish” kurslarida qatnashishmoqdalar. Bundan tashqari Universitetda joylashgan yirik LIESMARS laboratoriyasiga hamda Uhan universitetining masofaviy zondlash sun’iy yo‘ldosh stansiyalariga tashrif buyurib yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Ushbu yozgi maktab davrida magistr talabalar 30 ga yaqin turli xil davlatlardan kelgan 150 dan ortiq talabalar bilan o‘z bilimlarini almashishib o‘z tajribalarini oshirdilar. Bundan tashqari yozgi maktab tomonidan tashkil etilgan madaniy tadbirlarda ham faol qatnashdilar.







