Yosh mutaxassislar uchun Xitoyda ta’lim va tajriba almashinuvi

08.07.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yilning 6-iyul sanasidan boshlab qishloq xo‘jaligi universitetlari yosh tadqiqotchilari uchun Xitoy Qishloq Xo‘jaligi Universitetida tashkil etilayotgan 2 haftalik xalqaro yozgi maktab (“Summer School”) o‘z ishini boshladi. Ushbu dastur doirasida respublika bo‘yicha 12 ta iqtidorli yoshlar tanlab olingan bo‘lib, jumladan, universitetimiz “ET va QTEM” kafedrasidan jami 8 kishi (6 ta bakalavr, 1 ta PhD va 1 ta tadqiqotchi) Xitoyning Pekin shahriga jo‘nab ketishdi. 

  6-20 iyul kunlari tashkil etilayotgan mazkur xalqaro yozgi maktabda quyidagi vazifalarni bajarish belgilangan:

  • - Xitoy qishloq xo‘jaligining yangi zamonaviy texnologiyalari va qishloq xo‘jaligi mashinasozlik sanoati bilan yaqindan tanishish;
  • - Bug‘doy, sholi, makkajo‘xori va shakarqamish kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarish texnologiyasi hamda aqlli uskunalarni o‘rganish;
  • - Qishloq xo‘jaligi robotlari/aqlli qishloq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi texnikasini raqamlashtirish hamda rivojlanish tendensiyalari bilan tanishish;
  • - Biogaz texnologiyasi va uskunalari: qishloq xo‘jaligi organik chiqindilaridan organik o‘g‘itlar ishlab chiqarishni o‘rganish.

  Mazkur xalqaro yozgi maktab universitetimiz yosh tadqiqotchilari uchun ilmiy salohiyatni yanada oshirish, tajriba almashish hamda kelajakda universitetlararo xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim imkoniyat bo‘lib xizmat qiladi.

Ma’lumot beruvchi “ET va QTEM” kafedrasi katta o‘qituvchisi N.Abdug‘aniyev

Universitet matbuot xizmati