Olmaota shahrida “Shanxay hamkorlik tashkiloti”ga a’zo davlatlar qishloq xo‘jaligi universitetlari rektorlarining IV forumi bo‘lib o‘tmoqda

07.07.2025

#Xalqaro hamkorlik #Rektordan

  Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarning qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokidagi to‘rtinchi forum o‘z ishini boshladi.

  Forum doirasida Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab agrar ta’lim va ilmiy-texnik innovatsiyalar bo‘yicha Alyansning 10-Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi ham tashkil etildi.

  Ushbu nufuzli tadbirda universitetimizning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori B.Xudayarov ishtirok etmoqda. Konferensiya davomida SHHTga a’zo mamlakatlar o‘rtasida agrar ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilarning stajirovkasini tashkil etish hamda talabalar almashinuvini kengaytirish kabi muhim masalalar atroflicha muhokama qilinmoqda.