“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
06.07.2025

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida 15 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 956 nafar sirtqi ta’lim bitiruvchisi uchun tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu muhim tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratboy Sharipov, Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Temur Butunbayev, universitet rektori, yetuk professor-o‘qituvchilar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdilar.
Bitiruvchilar diplomlarini bevosita ushbu soha yetakchilaridan olishdek ulkan sharafga muyassar bo‘ldilar. Bu esa ular uchun nafaqat unutilmas lahza, balki kelajakdagi faoliyatlarida katta ruhiy ko‘tarinkilik bag‘ishlovchi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Bitiruvchilarimizni ushbu muhim kun bilan samimiy tabriklab, ularga mustahkam salomatlik, izchil muvaffaqiyatlar va yurt ravnaqi yo‘lida samarali mehnat tilaymiz!













