Yosh huquqshunos tanlovining g‘olibi

06.07.2025

#Ta`lim #Reyting

  Joriy yilning 30-iyun kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti "Ekologiya va huquq" fakulteti, "Yurisprudensiya" yo‘nalishida 1-kurs faol talabasi Amir Asgarov Bayrambay o‘g‘li Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlariga biriktirilgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan 18-30 yosh toifasi bo‘yicha "YOSH HUQUQSHUNOS" tanlovida ishtirok etib faxrli 2-o‘rinni egalladi.

  Talabamiz Amir Asqarov Bayrambay o‘g‘li o‘z bilimi va dunyoqarashlarini kengaytirishi, balki global muammolarga yechim izlashda ham o‘z hissalarini qo‘shishini fikr va mulohazalarini bildirgan.

  Ko‘rik-tanlov yakuniga ko‘ra muvaffaqiyatli ishtirok va ilm yo‘lidagi intilishini inobatga olib talabamiz sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

"Ekologiya va huquq" fakulteti tyutori X.Saidova axboroti

Universitet matbuot xizmati