"Mirzo Ulug‘bek vorislari" Data Science o‘quv kursining 2024/2025-o'quv yili ham yakunladi.

03.07.2025

#Ta`lim

Bugun 3-iyul kuni ushbu kursning 2024/2025-o‘quv yili bitiruvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda "Mirzo Ulug‘bek" jamg‘armasi raisi O. Salimov va Raqamli texnologiyalar vaziri Sh.Shermatov ishtirok etdi.


Tayyorlov o‘quv kursiga barcha oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishlaridan qabul qilingan iqtidorli 60 nafar 3-bosqich talabalari "Mirzo Ulug‘bek vorislari" tayyorlov o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunladi.


Ushbu kurs bitiruvchilari ichida Universitetimizning "Ekologiya va huquq" fakulteti Yurisprudensiya yo'nalishi talabasi va "Hydroleaders" jamoasi aʼzosi Xudoyberdiyev Xumoyunbek ham kursni muvaffaqiyatli tamomladi va kurs yakunida dasturlash va ingliz tilidan xalqaro darajadagi sertifikatlar bilan taqdirlandi.


Talabamizga yuridik sohada raqamli texnologiyalarni qo‘llash va dasturlash yo‘nalishini yanada rivojlantirish yo‘lida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

🔠Ma'lumot uchun: hozirda “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kurslariga 2025/2026-o‘quv yili uchun (https://dscience.uz/#price) qabul jarayoni davom etmoqda. Tanlovda 3-bosqichda tahsil olayotgan, raqamli texnologiyalarga qiziqadigan yoshlar ishtirok etishi mumkin. Tanlov asosida saralangan talabalar Toshkent shahrida bir yil davomida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


➡️Shuningdek, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab “Mirzo Ulug‘bek vorislari” kurslari doirasida yangi GRANT (https://creativetech.uz/) asosidagi (bepul) yo‘nalishlar ham joriy qilinmoqda. 3-bosqich va undan yuqori bosqichdagi talabalar uchun mo‘ljallangan bu yo‘nalishlar quyidagilarni qamrab oladi: 


– 3D modellashtirish

– VFX Compositing

– Animatsiya

– O‘yin dizayni va Game Development asoslari

– Digital Art

– FX Simulation

– Cinema 4D

– Unreal Engine


❗️Bugungi kunda raqamli texnologiyalar – faqat alohida bir soha emas, balki har bir sohaga chuqur integratsiyalashayotgan muhim yo‘nalishdir. “Mirzo Ulug‘bek vorislari” (https://dscience.uz/#) tayyorlov o‘quv kurslari nafaqat yoshlarni zamonaviy IT sohalariga yo‘naltirmoqda, balki ularni kasbiy jihatdan shakllantirib, mamlakat taraqqiyotiga bevosita hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar sifatida tayyorlamoqda. Zamonaviy bilimlarni egallab, bepul ta’lim olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.


➡️Data Science kurslariga ariza topshirish: https://dscience.uz/#price

➡️GRANT asosidagi yo‘nalishlarga ariza topshirish: https://creativetech.uz/