Salzburg universitetiga xizmat safari
02.07.2025

Joriy yilning 29.06-07.07.2025 kunlari Davlat kadastrlari kafedrasi katta o’qituvchisi Bekjan Uspankulov va assistant Shukurilloxon Ismonovlar Eurasia Pacific Uninet (EPU) tashkilotining “GeoPortal - Inspiring communities through Geoinformatics” loyihasi doirasida Avstiryaning Salzburg shaxrida joylashgan Salzburg universiteti (Paris Lodron University of Salzburg – PLUS)da xizmat safarida bo’lib turibdilar.
Dastlab universitetning Geoinformatika kafedrasi jamoasi bilan uchhrashib, kafedrada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar bilan yaqindan tanishildi. Kafedraning eng ko’zga ko’ringan olimlaridan prof. Josef Strob (EPU prezidenti) tomonidan “Central Asia and Caucasus Geoportal” platformasi xaqida taqdimot va masterclass darsi tashkil etildi. Ushbu platforma universitetimizda GIS dan keng foydalangan xolda tadqiqot olib borayotgan olimlarimiz uchun juda qulay va foydali ekanligi guvohi bo’lindi.
Shuningdek xar yili an’anaviy o’tkaziladigan AGIT ning geoinformatika bo’yicha GI-2025 konferensiyasi (02.07-03.07.2025) da ishtirok etmoqdalar. Ushbu tadbirga tashrif buyurgan ko’plab yer tuzish, geodeziya, geoinformatika va kartografiya yo’nalishlarida faoliyat yurituvchi ilmiy tadqiqotchi olimlar bilan yaqindan tanishib kelajakda xamkorlik aloqlarini yo’lga qo’yish, ilmiy loyihalar va hammualliflikda maqolalar nashr qilish bo’yicha kelishib olmoqdalar.





