“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti delegatsiyasi Keimyung Kollej Universitetida malaka oshirish dasturini muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatlar bilan taqdirlanishdi

30.06.2025

#Xalqaro hamkorlik #Yangilik


Talim kompetensiyalarini rivojlantirish xalqaro loyihasi doirasida TIQXMMIMilliy tadqiqot universiteti delegatsiyasi vakillari Janubiy Koreyaning Keimyung Kollej Universitetida malaka oshirish dasturini muvaffaqiyatli tugatishdi.

Delegatsiya tarkibida Oquv ishlari boyicha prorektor, professor Xudayarov Baxtiyor Alimovich, dotsentlar Gozal Eshchanova va Rustam Baratov, shuningdek Akbar Gapparov va Ikrom Avazovlar ham ishtirok etishdi.

Eslatib otamiz, joriy yilning 21-28 iyun sanalarida davom etgan xalqaro trening dasturi quyidagi yonalishlarni oz ichiga oldi:

·AI Creative Education Center markazlari faoliyati bilan tanishish hamda ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish;

·Dalgubeol Ayollar Resurslari Markaziga tashrif buyurib, ayollarni IT va Start up loyihalar bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash tajribasini o‘rganish;

·Koreya Politexnika Robot Kampusi va Hyundai Motors Ulsan zavodida amaliy mashg‘ulotlar va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish;

·Mechatronika, PLC simulyatorlari, raqamli ta’lim modellarini yaqindan o’rganish va joriy etishni takomillashtirish

·DEISC, Raqamli Ta’lim Innovatsiyalarini Qo‘llab-Quvvatlash Markazi faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha xaqlaro tajribalarni o’rganish va alada tadbiq qilish;

· Madaniy almashinuv va hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha uchrashuv va muzokaralarlarda qatnashish.

Yakuniy marosimda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Baxtiyor Xudayarov so‘zga chiqib, mazkur loyixaning O’zbekistondagi koordinatori, “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti rektori Prof.Mirzayev Baxodir Suyunovich va butun jamoa nomidan xalqaro grant koordinatori Dr. Sanseoug Lee va barcha xalqaro dastur tashkilotchilariga samimiy minnatdorchilik bildirib, xalqaro loyiha doirasida erishilgan asosiy yutuqlarni alohida ta’kidlab o’tdi:

·“TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti qoshida Janubiy Koreyaning Keymyung Kollej Universiteti tajribasiga asoslangan Mexatronika texnikumini tashkil etish va rivojlantirish (Mas’ul dotsent Rustam Baratov),

·“TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti qoshida Janubiy Koreyaning Keymyung Kollej Universiteti tajribasiga asoslangan DEISC (Digital education Innovation Support Centre) markazini tashkil qilish va rivojlantirish (Ma’sul dotsent Guzal Eshchanova),

· Markazda Smart sinf xonalari va Digital literacy/Raqamli Savodxonlik kurslarini tatbiq etish,

·Ayollar va talaba qizlar uchun IT va Start up kurslarini yo‘lga qo‘yish orqali teng imkoniyatlarni yaratish.

DEISC Markazini tashkil etish bo‘yicha ijobiy tashabbus

Malaka oshirish dasturi davomida DEISC (Digital Education Innovation Support Centre) markazini “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzurida tashkil etish bo‘yicha ham aniq rejalar va ijobiy fikrlar bildirildi.

Ushbu markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mas’ul etib tayinlangan dotsent Go'zal Eshchanova treninglar davomida DEISC konsepsiyasini mukammal ishlab chiqish, Janubiy Koreyaning ilg‘or tajribalarini o‘rganish va ularni O‘zbekiston ta’lim tizimida samarali tatbiq etish bo‘yicha muhim tashabbuslar bilan chiqib, taqdimot qildi va xamkorlardan qo’shimcha takliflarni ham olishga muvaffaq bo’ldi.

Markazning asosiy maqsadi raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish, o‘quv jarayonini innovatsion usullar bilan boyitish va talaba-yoshlarni zamonaviy raqamli ko‘nikmalarni o’rgatish va Gender Tengligini ta’minlash bo’yich ham taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Delegatsiya a’zolari DEISC markazi nafaqat universitet, balki butun mamlakatda raqamli ta’lim innovatsiyalarini qo‘llab-quvvatlashda muhim platforma bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

Malaka oshirish yakunida Professor Sanseog Lee tomonidan delegatsiya a’zolari sertifikatlar bilan taqdirlandi. Bu sertifikatlar ular tomonidan xalqaro tajribani o‘zlashtirish va uni O‘zbekistonda samarali tatbiq etish yo‘lidagi faol ishtirokini e’tirof etadi.

Delegatsiya a’zolari orttirilgan bilim va tajribalar “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirish, raqamli innovatsiyalarni keng joriy etish muhim asos bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladilar.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va talabalar hamda o‘qituvchilar uchun zamonaviy ta’lim imkoniyatlarini yaratish yo‘lida faoliyatlarini davom ettirishlarini bildirib o’tishdi.