Bitiruvchi 2025 | Magistratura
26.06.2025
#Ta`lim

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti magistratura ta’lim yo‘nalishini tamomlagan 50 nafar bitiruvchi uchun ham “Bitiruvchi 2025” tantanali diplom topshirish marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda universitet rektori professor Bahodir Mirzayev ishtirok etib, magistratura bitiruvchilarini samimiy tabrikladi va shunday dedi:
“Magistratura bitiruvchilarimiz – ilmiy salohiyatli, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, kelajakda oliy ta’lim, fan va sohaviy tadqiqotlarning yetakchi kadrlariga aylanishiga ishonaman. Sizlardan buyuk natijalar kutib qolamiz.”
Marosim davomida diplomlar rahbariyat tomonidan birma-bir topshirildi, esdalik sovg‘alari va iliq tilaklar bilan bayramona muhit yaratildi.







