Universitetimiz jamoasining Keymyung Kollej Universitetiga tashrifi

23.06.2025

#Ta`lim #Xalqaro hamkorlik

Janubiy Koreya universitetlaridagi ilg‘or texnologiyalar va ta’lim tajribalarini o‘rganish maqsadida "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti professor-o‘qituvchilari Keimyung College University’ga tashrif buyurishdi. Safar doirasida universitetning yaqinda tashkil etilgan AI Creative Center faoliyati va u yerdagi zamonaviy texnik uskunalar hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, tashrif chog‘ida maktab o‘quvchilari, talabalar va katta yoshlilar uchun mo‘ljallangan AI (creative education centre)o‘quv markazi faoliyati ham o‘rganildi. Bu markazda raqamli talim, innovatsion texnologik usullar, mexatronika, robototexnika va IoT  sohalaridagi so‘nggi texnologiyalar asosida startap loyihalar yaratish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.
Keimyung College University bilan hamkorlikda ta’lim kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan xalqaro loyiha doirasida, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida Janubiy Koreyaning zamonaviy texnologiyalari bilan jihozlangan mexatronika texnikumini va (Digital Education Innovative Support Centre) Rakamli Ta’lim Innovatsion Markazini tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif davomida professor-o‘qituvchilar Janubiy Koreya ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan ilg‘or usul va tajribalar bilan tanishishni davom ettirmoqdalar.