Davlat oliy ta'lim muassasalaridagi Sport klublari rahbarlari uchun o'quv seminar kurslari tashkil etildi
21.06.2025

Joriy yilning
17-19 iyun kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy
taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida Davlat oliy ta'lim muassasalaridagi Sport klublari
rahbarlari uchun o'quv seminar kurslari yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur o‘quv seminar kursida
sport klublari faoliyatini yanada
yaxshilash va samarali boshqarishda yuqori ahamiyat kasb etgani hamda sport
klublari rahbarlari uchun tizimni rivojlantirish va mavjud muammolarni bartaraf
etish yo‘lida katta tajriba maydoni bo‘lib xizmat qilganligini alohida qayd
etib o‘tdi. Shuningdek, kurs tinglovchilari tomonidan bildirilgan taklif va
fikrlar asosida hamkorlikda amaliy ishlarni davom ettirish bo‘yicha oldindagi
zaruriy vazifalar belgilab olindi.
Sohaning bir qator
yetuk va tajribali mutaxassislari va olimlari jalb etilgan ushbu o‘quv kursi o‘z nihoyasiga yetib, kurs tinglovchilariga
O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov,
O‘zbekiston talabalar sporti assosatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Erkin
Qodirov, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori
Rashid Matkarimov boshchiligidagi rahbariyat jamoasi tomonidan o‘quv seminari
kursini muvaffaqiyatli tamomlagan
tinglovchilarga sertifikatlar
topshirildi.





