“Eco Expo Central Asia 2025” – Markaziy Osiyodagi birinchi ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi
19.06.2025

2025-yilning 19-iyun kuni Toshkent shahridagi CAEx ko‘rgazma majmuasida “Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur ko‘rgazma Markaziy Osiyo mintaqasida ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar yo‘nalishida tashkil etilgan birinchi yirik xalqaro platformadir.
Ushbu nufuzli tadbirda "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetining talabalari, tayanch doktorantlar hamda universitet qoshidagi “Yashil yurak” ekologik jamiyati faollari ishtirok etdilar.
Ko‘rgazma doirasida ishtirokchilar xalqaro ekologik loyihalar, ilg‘or texnologiyalar, startaplar hamda viloyat darajasidagi tashabbuskor tashkilotlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ekologiya sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va xorijiy mutaxassislar bilan kelgusidagi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish va istiqbolli loyihalarda ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur ko‘rgazma yosh mutaxassislar va talabalar uchun ekologik innovatsiyalar borasidagi bilim va ko‘nikmalarni chuqurlashtirish, global tajribani o‘rganish hamda professional tarmoqlarda o‘z o‘rnini topish uchun muhim imkoniyat bo‘lib xizmat qiladi.
🌍 t.me/yashil_yurak_jamiyati_UZ
📧 Bog‘lanish: @ZulfiyaKannazarova
"Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari" kafedrasi assistenti Zulfiya Kannazarova







