“Yoshlar bandligi oyligi” doirasidagi tadbir

19.06.2025

#Ta`lim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lım tashkılotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qarori ijrosini ta’minlash, yoshlarning bandligini ta’minlash, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini Universitetda 2025-yil iyun oyi “Yoshlar bandligi oyligi” doirasida maqsadli va manzilli tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni universitet Talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i X.Xayitov ochib berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish bo‘limi bosh inspektori U.Abdukarimov so‘zga chiqib Davlat fuqarolik xizmatiga kirish shartlari va jarayonlari haqida tushunchalar berdi hamda Vacancy.argos.uz platformasidan foydalanishni ko‘rsatib berdi.


Suv xo‘jaligi vazirligining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Alikulova va Suv xo‘jaligi vazirligining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi bosh mutaxassisi S.Xikmatovlar talaba hamda bitiruvchlarga ishga joylashishlarida Rezyume qanday tayyorlash bo‘yicha tushinchalar berishdi.

              

“O‘zmilliybank” Ajning Mirzo Ulug‘bek Bank xizmatlari markazi “Kelajakka qadam” Markazi bo‘limi bosh mutaxassisi H.Saida’zamov “O‘zmilliybank” AJ bilan hamkorlikda bitiruvchi bosqich talabalari uchun biznes g‘oyani tayyor loyihagacha olib borish jarayonida to‘liq hamrohlik qilish, shu jumladan qulay shartlarda bank tomonidan moliyalashtirish chorasi bo‘yicha tushinchalar berildi. Bitiruvchi va quyi bosqich talabalari o‘rtasida sohalar bo‘yicha ochiq tanlovlar o‘tkazish borasida tushunchalar berishdi.


Tadbirda talabalar hamda ota-onalar onlayn qatnashishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Tadbir talabalarda yaxshi ta’surot qoldiriganligini aytib o‘tishdi.


Talabalar amaliyoti bo‘limi axboroti