Zangiota ziyorati – ezgu niyatlar va ruhiy yangilanish
19.06.2025
#Ma`naviy va tashkiliy

Bugun erta tongda "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti jamoasi Zangiota ziyoratgohida bo‘lishdi. Ko‘pchilik yoshi ulug‘, fidokor ustozlarimiz bilan birgalikda ushbu muqaddas maskanga tashrif buyurildi.
O‘quv yilining so‘ngi kunlarida jamoa birgalikda tinchlik, baraka va yurt ravnaqi uchun duo qilib, qalb pokligi va ma’naviy yangilanish hissini tuyishdi. Ziyorat jarayonida ustoz va hamkasblar o‘zaro samimiy muloqotda bo‘lib, birdamlik va muhabbat muhitini yaratishdi.
Bunday ma’naviy safarlar jamoamizni ruhlantirib, kelajakdagi faoliyatimizga yanada ma’no va mazmun bag‘ishlaydi.











