“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti QS Xalqaro reyting agentligining dunyo top-500 universitetlari reytingida

19.06.2025

#Reyting


Dunyo universitetlari reytingini baholovchi nufuzli xalqaro reyting agentliklaridan biri hisoblangan QS tomonidan e’lon qilingan 2026-yil uchun dunyo universitetlari reytingi (QS WUR-2026) natijalariga ko‘ra, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti mamlakatimiz OTMlari orasida birinchi bo‘lib dunyoning TOP-500 universitetlari qatoridan joy oldi.

Bu yilgi reytingda 106 ta davlatdan saralab olingan jami 8467 ta universitetlar orasidan 1501 tasi ushbu retingga kiritilgan bo‘lib, ular orasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti o‘zining o‘tgan yilgi ko‘rsatkichini yaxshilab, 78 ta o‘rin yuqoriladi va umumiy 33.7 ball bilan TOP 469-o‘rinni egalladi. 

QS WURning baholangan alohida indikatorlari bo‘yicha “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti quyidagi natijalarni qo‘lga kiritdi:

  - Talabalarning universitet xodimlariga nisbati bo‘yicha

- 120 o‘rin

  - Akademik obro‘si bo‘yicha

- 341 o‘rin

  - Ish beruvchilar orasidagi obro‘si bo‘yicha

- 292 o‘rin

 -  Xorijlik professor-o‘qituvchilar ulushi bo‘yicha

- 470 o‘rin

  - Bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishi bo‘yicha

- 644 o‘rin

  - Barqarorlik bo‘yicha

- 793 o‘rin

  - Chop etilgan maqolalarga iqtiboslik darajasi bo‘yicha

- 801+ o‘rin

 - Xorijliklar bilan chop etilgan maqolalar ulushi bo‘yicha

- 801+ o‘rin

 - Xorijlik talabalar ulushi bo‘yicha

- 785 o‘rin

 - Xorijlik talabalar jozibadorligi bo‘yicha

- 787 o‘rin



Bu yil ushbu reytingga O‘zbekistondan jami 7 ta universitet kiritilgan bo‘lib, ular orasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti umumiy reytingda, shuningdek, quyidagi alohida indikatorlar bo‘yicha 1 o‘rinni qayd etdi

 - Talabalarning universitet xodimlariga nisbati bo‘yicha

- 1 o‘rin

 -Akademik obro‘si bo‘yicha

- 1 o‘rin

 -Ish beruvchilar orasidagi obro‘si bo‘yicha

- 1 o‘rin

 -Barqarorlik bo‘yicha

- 1 o‘rin

 -Chop etilgan maqolalarga iqtiboslik darajasi bo‘yicha

- 1 o‘rin

 -Xorijlik talabalar ulushi bo‘yicha

- 1 o‘rin

 -Xorijlik talabalar jozibadorligi bo‘yicha

- 1 o‘rin

 

QS Xalqaro reyting agentligining katta visye-prezidenti Ben Sauter O‘zbekiston universitetlarining ushbu reytingdagi natijalari bo‘yicha quyidagicha izoh berdi:

“Dunyoning yetakchi universitetlari bilan farqni qisqartirish uchun O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari zamonaviy ilmiy kun tartibida o‘z ta’sirini kuchaytirish, xalqaro ilmiy tadqiqot loyihalarida ishtirok etish va akademik doiralarda o‘z obro‘sini yanada oshirishga e’tibor qaratishlari zarur.”

QS Xalqaro reyting agentligining mintaqaviy direktori Sergey Xristolyubov esa quyidagilarni qo‘shimcha qildi:

“Bugungi kunda kamdan kam odamlar eslaydiki, 2019-yilda QS reytinglarida – institusional, mintaqaviy va yo‘nalishlar bo‘yicha reytinglarda – birorta ham O‘zbekiston universiteti yo‘q edi. So‘nggi besh-olti yil ichida O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari xalqaro ilmiy-ta’lim maydonida tan olinishini oshirish yo‘lida ulkan ishlarni amalga oshirdi va bu jarayon bizning barcha reytinglarimizda o‘z aksini topdi. Yuqori kvartillarga kiruvchi ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish faolligini kengaytirish, o‘qituvchilarning ilmiy loyihalarga jalb etilishi va ta’limda xalqarolashtirish dasturlarini amalga oshirish – mamlakat oliy ta’lim muassasalarining global reytinglardagi ijobiy dinamikasini saqlab qolish va rivojlantirishning asosiy omillaridan biridir.”

Eslatib o‘tamiz, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti QS xalqaro reyting agentligi tomonidan 2025-yil uchun e’lon qilingan “Fan sohalari reytingi” (Subject Rankings 2025) ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2 ta fan sohasi bo‘yicha dunyo universitetlarining TOP-500 lik ruyxatida e’tirof etilgan bo‘lib, shundan 1 tasi yirik fanlar sohalari va 1 ta ixtisoslashgan fan bo‘yicha yuqori natija qayd etilgan edi.

Shuningdek, 2024-yil noyabr oyida QS xalqaro reyting agentligi tomonidan e’lon qilingan 2025-yil uchun Osiyo mintaqasi universitetlari reytingi (QS World University Rankings: Asia) natijalariga ko‘ra, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Osiyo va tinch okean mintaqasi universitetlari reytingida 90 pog‘ona yuqorilab, 159 o‘rinni egallagandi. Markaziy Osiyo universitetlari orasida esa 7 o‘rinda e’tirof etilib, O‘zbekiston universitetlari orasida 1 o‘rinda qayd etilgandi.

2024-yil dekabr oyida QS xalqaro reyting agentligi tomonidan e’lon qilingan 2025-yil uchun dunyo universitetlarining barqarorlik reytingi (QS World University Rankings: Sustainability Ranking 2025) natijalariga ko‘ra, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti dunyo universitetlari reytingida ketma-ket ikkinchi yil dunyoning TOP-1000 universitetlari qatoridan joy olib, 828 o‘rinni, Osiyo universitetlari orasida 238 o‘rin, Markaziy Osiyo universitetlari orasida 3 o‘rin va O‘zbekiston OTMlari ichida 1-o‘rinda e’tirof etilgandi.

Xalqaro reyting bo'limi boshlig'i Ilxom Abduraxmanov ma'lumoti.