Qurilish sohasida energiya samaradorligi yo‘nalishi: VEGERA loyihasi doirasida O‘zbekiston-Germaniya hamkorligi
18.06.2025

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institute” Milliy tadqiqot universitetida 2025-yil 17-iyun kuni VEGERA xalqaro loyihasi doirasida barpo qilingan innovatsion “DEMO HOUSE” laboratoriyasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
VEGERA loyihasi haqida qisqa ma’lumot
- To‘liq nomi:
- Agroo‘rmonchilik tizimlarining qayta tiklanadigan
xom ashyolaridan foydalanish orqali qurilish sohasida enеrgiya samaradorligini oshirish
Maqsad: Qishloq xo‘jaligi va agroo‘rmonchilikdan olingan qayta tiklanuvchi xomashyo – masalan, terak yog‘ochi, somon, tuproq va chiqindilar – asosida qurilish materiallari yaratib, energiya samaradorligini oshirish. - Loyiha davomiyligi: 2021–2025 yillar
- Hamkorlar:
- Eberswalde
Barqaror Rivojlanish universiteti (Germaniya)
- “TIQXMMI” Milliy
Tadqiqot Universiteti (O‘zbekiston)
- Berlin
Texnika universiteti (Tabiiy Qurilish Laboratoriyasi)
- Xitoy,
Yaponiya, Vengriya, Qozog‘iston, Turkiya, va boshqa davlatlardan, ICRAF, Jaxon
Aqroo’rmonchilik Markazi, Agroo‘rmonchilik tarmoqlari
- Qishloq
xo‘jaligi va ekologiya yo‘nalishidagi bir qancha tashkilotlar
- Moliya:
Germaniya Federal Muhit, Tabiatni Asrash, Yadro xavfsizligi va
Iste’molchilarni Himoya qilish Federatsiyasi, Xalqaro Iqlim Tashabbusi
(IKI) tomonidan.
“DEMO HOUSE” taqdimoti
Bu tajriba maydoni xisoblangan laboratoriya
eko-uy bo’lib, to‘liq mahalliy xomashyolardan qurilib,
o‘zida quyidagilarni mujassamlashtiradi:
- Tabiiy
izolyasiya va agroo‘rmon materiallar yordamida energiya tejovchi dizayn
- Qishda
isitish va yozda sovitish uchun yashil texnologiyalar
- Ilmiy tajriba
va ta’lim uchun raqamli vositalar: AutoCAD, Revit, 3D MAX
- O‘quv-modul
va elektron ta’lim platformalari orqali amaliy ko‘nikmalar
shakllantiriladi.
Tadbirda quyidagi raxbarlarning
tabrik so’zlari tinglandi:
1.
Prof.
B.S. Mirzaev “TIQXMMI” MTU rektori,
VEGERA O‘zbekistondagi koordinatori
2.
Prof.
B.A. Tulaganov, Toshkent Arxitektura va
Qurilish universiteti rektori
3. Prof. Dr. Martin Welp, VEGERA loyihasining Germaniyadagi koordinatori, (HNEE) Ebersvalde Barqaror Rivojlanish universitet
Demo house laboratoriyasi tantanali ochilgach, quyidagi taqdimotlchilar qiziqarli mavzularda maruza qilishdi:
4.
Dr.
Javed Rizvi , ICRAF, Osiyo bo‘limi
direktori
5.
Prof.
Dr. Eyke Rosvag‑Klinge, Berlin Texnika universiteti
6.
Paul
Morits Henes , Tabiiy Qurilish Laboratoriyasi, Berlin
7.
B.
Azizova, VEGERA loyihasi ishtirokchisi,
Berlin Texnika universiteti
8.
A.X.
Qosimov, “E’tiqod” MChJ asoschisi,
qurilish materiallari bo‘yicha
9.
Guzal
Eshchanova , “TIQXMMI” MTU dotsenti, VEGERA loyixasi a’zosi
Tadbir
mohiyati :
- “DEMO HOUSE” qurilishida ishlatilgan agroo‘rmonchilik tizimlari xomashyolari,
ularning imkoniyatlari va ekologik afzalliklari haqida ma’ruzalar
- Berlin va
O‘zbekiston tajribalari bo‘yicha prezentatsiyalar
- Mahalliy
tajribalar, siyosiy tavsiyalar, va amaliy modullar yuzasidan maslahatlar
Kutilgan natijalar
- Mashg‘ulot va
ilmiy tajribalar talabalar uchun real bilim olish maydonini yaratishi
- Qishloq
joylarda yangi mikro-eksport yo‘nalishlari, mahsulot va ish o‘rinlari
paydo bo‘lishi
- Markaziy
Osiyo bo‘yicha iqlimga mos ekologik ta’lim platformasi vujudga kelishi
Tadbir davomida qatnashuvchilar
tomonidan savol va javoblar qiziqarli shaklda olib borildi.



















