Qurilish sohasida energiya samaradorligi yo‘nalishi: VEGERA loyihasi doirasida O‘zbekiston-Germaniya hamkorligi

18.06.2025

#Xalqaro hamkorlik


Toshkent irrigatsiya va qishloq xojaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituteMilliy tadqiqot universitetida 2025-yil 17-iyun kuni VEGERA xalqaro loyihasi doirasida barpo qilingan innovatsionDEMO HOUSElaboratoriyasining tantanali ochilish marosimi bolib otdi.

 VEGERA loyihasi haqida qisqa malumot

  • To‘liq nomi:
  • Agroo‘rmonchilik tizimlarining qayta tiklanadigan xom ashyolaridan foydalanish orqali qurilish sohasida enеrgiya samaradorligini oshirish
    Maqsad: Qishloq xo‘jaligi va agroo‘rmonchilikdan olingan qayta tiklanuvchi xomashyo – masalan, terak yog‘ochi, somon, tuproq va chiqindilar – asosida qurilish materiallari yaratib, energiya samaradorligini oshirish.
  • Loyiha davomiyligi: 2021–2025 yillar
  • Hamkorlar:
    • Eberswalde Barqaror Rivojlanish universiteti (Germaniya)
    • “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti (O‘zbekiston)
    • Berlin Texnika universiteti (Tabiiy Qurilish Laboratoriyasi)
    • Xitoy, Yaponiya, Vengriya, Qozog‘iston, Turkiya, va boshqa davlatlardan, ICRAF, Jaxon Aqroo’rmonchilik Markazi, Agroo‘rmonchilik tarmoqlari
    • Qishloq xo‘jaligi va ekologiya yo‘nalishidagi bir qancha tashkilotlar
  • Moliya: Germaniya Federal Muhit, Tabiatni Asrash, Yadro xavfsizligi va Iste’molchilarni Himoya qilish Federatsiyasi, Xalqaro Iqlim Tashabbusi (IKI) tomonidan.

 “DEMO HOUSE” taqdimoti

Bu tajriba maydoni xisoblangan laboratoriya  eko-uy bo’lib,  to‘liq mahalliy xomashyolardan qurilib, o‘zida quyidagilarni mujassamlashtiradi:

  • Tabiiy izolyasiya va agroo‘rmon materiallar yordamida energiya tejovchi dizayn
  • Qishda isitish va yozda sovitish uchun yashil texnologiyalar
  • Ilmiy tajriba va ta’lim uchun raqamli vositalar: AutoCAD, Revit, 3D MAX
  • O‘quv-modul va elektron ta’lim platformalari orqali amaliy ko‘nikmalar shakllantiriladi.

Tadbirda quyidagi raxbarlarning tabrik so’zlari tinglandi:

1.     Prof. B.S. Mirzaev  “TIQXMMI” MTU rektori, VEGERA O‘zbekistondagi koordinatori

2.     Prof. B.A. Tulaganov,  Toshkent Arxitektura va Qurilish universiteti rektori

3.     Prof. Dr. Martin Welp, VEGERA loyihasining Germaniyadagi koordinatori, (HNEE) Ebersvalde Barqaror Rivojlanish universitet

Demo house laboratoriyasi tantanali ochilgach, quyidagi taqdimotlchilar qiziqarli mavzularda maruza qilishdi:

4.     Dr. Javed Rizvi ,  ICRAF, Osiyo bo‘limi direktori

5.     Prof. Dr. Eyke Rosvag‑Klinge, Berlin Texnika universiteti

6.     Paul Morits Henes , Tabiiy Qurilish Laboratoriyasi, Berlin

7.     B. Azizova,  VEGERA loyihasi ishtirokchisi, Berlin Texnika universiteti

8.     A.X. Qosimov,  “E’tiqod” MChJ asoschisi, qurilish materiallari bo‘yicha

9.     Guzal Eshchanova , “TIQXMMI” MTU dotsenti, VEGERA loyixasi  a’zosi

 Tadbir mohiyati :

  • “DEMO HOUSE” qurilishida ishlatilgan agroo‘rmonchilik tizimlari xomashyolari, ularning imkoniyatlari va ekologik afzalliklari haqida ma’ruzalar
  • Berlin va O‘zbekiston tajribalari bo‘yicha prezentatsiyalar
  • Mahalliy tajribalar, siyosiy tavsiyalar, va amaliy modullar yuzasidan maslahatlar

 Kutilgan natijalar

  • Mashg‘ulot va ilmiy tajribalar talabalar uchun real bilim olish maydonini yaratishi
  • Qishloq joylarda yangi mikro-eksport yo‘nalishlari, mahsulot va ish o‘rinlari paydo bo‘lishi
  • Markaziy Osiyo bo‘yicha iqlimga mos ekologik ta’lim platformasi vujudga kelishi

Tadbir davomida qatnashuvchilar tomonidan savol va javoblar qiziqarli shaklda olib borildi.