Ishlab chiqarish amaliyoti
18.06.2025

O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-yanvardagi 11-son qarori
ijrosini ta’minlash maqsadida “Gidrotexnika qurilishi” fakultetining
Gidrotexnika qurilishi (suv xoʻjaligida) ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari
uchun haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyoti Toshkent viloyati Bo‘stonliq
tumani hududida joylashgan Chotqol daryosidagi “Quyi Chotqol GES” qurilish
obyektida tashkil etildi. Amaliyot davomida talabalar nazariy bilimlarini
amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, yirik muhandislik inshootlarining
loyihalashtirilishi va qurilish bosqichlari bilan yaqindan tanishish
imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shuningdek, ular GESlarning konstruktiv yechimlari,
texnik parametrlari, zamonaviy qurilish materiallaridan foydalanish, xavfsizlik
me’yorlariga rioya qilish va ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha amaliy
ko‘nikmalarni shakllantirdilar. Mazkur amaliy mashg‘ulotlar talabalar uchun
nafaqat o‘quv jarayonida o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni mustahkamlash,
balki ularni kelajakdagi kasbiy faoliyatga puxta tayyorlashda muhim ahamiyat
kasb etadi. Ayniqsa, real loyihalar asosida yirik energetik obyektlarda
to‘plangan tajriba ularning yuqori malakali va raqobatbardosh mutaxassis
sifatida shakllanishi, shuningdek, mehnat bozorida muvaffaqiyatli ishga
joylashish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi.









