Ishlab chiqarish amaliyoti

18.06.2025

#Ta`lim


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-yanvardagi 11-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Gidrotexnika qurilishi” fakultetining Gidrotexnika qurilishi (suv xoʻjaligida) ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari uchun haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyoti Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hududida joylashgan Chotqol daryosidagi “Quyi Chotqol GES” qurilish obyektida tashkil etildi. Amaliyot davomida talabalar nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, yirik muhandislik inshootlarining loyihalashtirilishi va qurilish bosqichlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shuningdek, ular GESlarning konstruktiv yechimlari, texnik parametrlari, zamonaviy qurilish materiallaridan foydalanish, xavfsizlik me’yorlariga rioya qilish va ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirdilar. Mazkur amaliy mashg‘ulotlar talabalar uchun nafaqat o‘quv jarayonida o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni mustahkamlash, balki ularni kelajakdagi kasbiy faoliyatga puxta tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, real loyihalar asosida yirik energetik obyektlarda to‘plangan tajriba ularning yuqori malakali va raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanishi, shuningdek, mehnat bozorida muvaffaqiyatli ishga joylashish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi.