Xalqaro onlayn seminar: LESLIE loyihasi doirasida yer resurslari va ekologik ta’lim masalalari muhokama qilindi

18.06.2025

#Tadqiqotlar #Xalqaro hamkorlik

2025-yil 18-iyun kuni Erasmus+ dasturining LESLIE loyihasi doirasida xalqaro onlayn seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar loyiha ishtirokchilari tomonidan tashkil etilib, unda universitetimizdan loyiha koordinatori Sh.Raxmonov va loyiha menejeri I.Bozarov ishtirok etdilar.


Tadbirda Sh.Raxmonov “Land Use and Land Cover Change in Khorezm, Uzbekistan” mavzusida taqdimot qildi. Mazkur mavzu doirasida Xorazm viloyatidagi yer resurslaridan foydalanish va yer qoplamidagi o‘zgarishlar yuzasidan ilmiy ma’lumotlar ishtirokchilar e’tiboriga havola qilindi.


Seminarda jami 61 nafar ishtirokchi qatnashib, unda ekologik ta’lim, yer resurslarini boshqarish va barqaror rivojlanish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.


Seminar davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:


Markaziy Osiyoda ekologik ta’lim va yer resurslarini boshqarishdagi o‘zgarishlar;


Oliy ta’limda barqarorlik konsepsiyasini joriy etish amaliyotlari;


Ekolog-mutaxassislar tayyorlashda xalqaro loyihalarning o‘rni.


Ma’lumot uchun, LESLIE loyihasi konsorsiumi 14 hamkordan iborat bo‘lib, ulardan 3 tasi Yevropa Ittifoqi davlatlari (Ispaniya, Italiya, Kipr) va 2 tasi Markaziy Osiyo davlatlari (Qozog‘iston va O‘zbekiston)dan. Loyiha koordinatori sifatida Ispaniyaning Universitat Politècnica de València (UPV) universiteti faoliyat yuritmoqda.


Seminar barcha ishtirokchilar uchun foydali tajriba almashish maydoniga aylandi.