DEBSEUz xalqaro loyihasining navbatdagi uchinchi texnik trening boshlandi

13.06.2025

#Ilmiy faoliyat #Xalqaro hamkorlik

“Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar” vazirligi, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, Respublikamizning 7 ta va Yevropa Ittifoqining 3 ta (Italiyaning Politecnico di Torino universiteti, Portugaliyaning Universidade de Evora universiteti, Ispaniyaning Universidad Politecnica de Madrid) universitetlari hamkorligida ERASMUS+Higher Education Capacity Building loyihalari doirasida “Development of the targeted Educational program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan (DEBSEUz)” xalqaro loyihasi ishtirokchilarining navbatdagi uchrashuvi joriy yilning 9 iyun kuni Ispaniyaning Madrid shahridagi Madrid politexnika universiteti (UMP)da boshlandi.

Ushbu uchrashuvning dastlabki kunida loyiha ishtirokchilari Madrid politexnika universitetining ta’lim tizim va ilmiy laboratoriyalari bilan tanishdilar. Kunning ikkinchi qismida Portugaliyaning Evora universtidan tashrif buyurgan André Santos “Gibrid quyosh elektr stansiyalari” bo‘yicha loyiha ishtirokchilari uchun treying kurslarini o‘tib berdilar. Shuningdek, ishtirokchilar ushbu soha bo‘yicha o‘zlariga qiziqtirgan savollarшga Yevropa tajribasi misolida amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar bo‘yicha javob oldilar.

Madrid politexnika universitetining Quyosh energetikasi institutida quyosh energetikasi bo‘yicha so‘nggi yillarda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari va ular natijasila olingan natijalar bo‘yicha o‘zaro fiklar almashinildi. Shuningdek, professor Carlos del Cañizo loyiha ishtiroqchilariga zamonaviy quyosh elekmentlari va ularning imkoniyatlari to‘g‘risida ma’ruza o‘qib berdi.

Ushbu loyiha doirasida TIQXMMI MTU a’zolari tomonidan tayyorlangan yangi “Quyosh energetikasi”  va “Qayta tiklanuvchan energiya manbalari asosidagi elektr stansiyalarni loyihalashtirish” nomli kitoblar hamda fan dasturlarining muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Umuman olganda, uchrashuv ko‘tarinki va do‘stona ruhda o‘tmoqda.

 

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan

energiya manbalari” kafedrasi

Universitet matbuot xizmati