DEBSEUz xalqaro loyihasining navbatdagi uchinchi texnik trening boshlandi
13.06.2025

“Oliy
ta’lim, fan va innovatsiyalar” vazirligi, “Toshkent irrigatsiya va qishloq
xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot
universiteti, Respublikamizning 7 ta va Yevropa Ittifoqining 3 ta (Italiyaning
Politecnico di Torino universiteti, Portugaliyaning Universidade de Evora
universiteti, Ispaniyaning Universidad Politecnica de Madrid) universitetlari
hamkorligida ERASMUS+Higher Education Capacity Building loyihalari doirasida
“Development of the targeted Educational program for Bachelors in Solar Energy
in Uzbekistan (DEBSEUz)” xalqaro loyihasi ishtirokchilarining navbatdagi
uchrashuvi joriy yilning 9 iyun kuni Ispaniyaning Madrid shahridagi Madrid
politexnika universiteti (UMP)da boshlandi.
Ushbu uchrashuvning dastlabki kunida loyiha ishtirokchilari Madrid
politexnika universitetining ta’lim tizim va ilmiy laboratoriyalari bilan tanishdilar.
Kunning ikkinchi qismida Portugaliyaning Evora universtidan tashrif buyurgan
André Santos “Gibrid quyosh elektr stansiyalari” bo‘yicha loyiha
ishtirokchilari uchun treying kurslarini o‘tib berdilar. Shuningdek,
ishtirokchilar ushbu soha bo‘yicha o‘zlariga qiziqtirgan savollarшga
Yevropa tajribasi misolida amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar bo‘yicha
javob oldilar.
Madrid politexnika universitetining Quyosh energetikasi institutida
quyosh energetikasi bo‘yicha so‘nggi yillarda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari
va ular natijasila olingan natijalar bo‘yicha o‘zaro fiklar almashinildi. Shuningdek,
professor Carlos del Cañizo loyiha ishtiroqchilariga zamonaviy quyosh elekmentlari
va ularning imkoniyatlari to‘g‘risida ma’ruza o‘qib berdi.
Ushbu loyiha doirasida “TIQXMMI” MTU a’zolari tomonidan tayyorlangan
yangi “Quyosh energetikasi” va “Qayta
tiklanuvchan energiya manbalari asosidagi elektr stansiyalarni loyihalashtirish”
nomli kitoblar hamda fan dasturlarining muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Umuman
olganda, uchrashuv ko‘tarinki va do‘stona ruhda o‘tmoqda.
“Elektr
ta’minoti va qayta tiklanuvchan
energiya
manbalari” kafedrasi
Universitet
matbuot xizmati





