«O‘zsuvqurilish” aksiyadorlik jamiyatida bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyalari himoyalari

12.06.2025

#Ta`lim #Yangilik

Bugun Gidromelioratsiya fakultetining Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash kafedrasi tashabbusi bilan Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari malakaviy bitiruv ishi himoyasi hamda Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash magistratura mutaxasisligi magistranti dissertatsiya himoyalari “O‘zsuvqurilish” aksiyadorlik jamiyatida o‘tkazildi.

Universitet rektori buyrug‘i bilan Davlat attestatsiya komissiyasi raisi etib tayinlangan aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi o‘rinbosari, texnika fanlari nomzodi, dotsent Qudratov Tolibjon O‘zbekovich, DAK a’zosi “O‘zmeliomashlizing” DUK Monitoripg, marketing va harid qilish bo'limi boshlis'i Bekniyazov Po'lat Baltaniyazovichlar ishtirokida hay’at a’zolari tomonidan suv xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarni takomillashtirish va ularning ishchi qism detallari sirtlarini yeyilishga chidamliligini oshirish mavzularida bajarilgan ishlar soha vakillari ishtirokida muhokam qilindi.

Ayniqsa, bakalavrlar tomonidan dotsent A.U.Atajanov, I.J.Xudayev rahbarligida bajarilgan ishlar kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalashda qo‘llaniladigan mashinalar ish unumini oshirish, konstruksichlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalari yuqori baholandi va ishlab chiqarish jarayoniga tadbiq qilishga tavsiya berildi.

Himoya jarayonida ishtirok etgan aksiyadorlik jamiyati xodimlari mavzular doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berib, bu sohada yana qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar bo‘yicha qator mavzular bo‘yicha tadqiqotlar olib borish bo‘yicha tavsiyalar berishdi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayoni qizg‘in va munozaraga boy sharoitda o‘tdi.

 Kafedra mudiri B.Norov ma’lumoti