Sog‘lom inson – sog‘lom millat..!
12.06.2025

Yoshlar oyligi doirasida,
Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani
rivojlantirish “Ziyo Forum” xalqaro fondi, Oʻzbekiston Respublikasi Sport Vazirligi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida joriy
yilning 10-12-iyun kunlari Shayxontohur sport majmuasida Oliy ta’lim
muassasalari talabalari o‘rtasida sportning “Stol tennis” turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Musobaqaning saralash
bosqichida Toshkent shahridan 32ta davlat va nodavlat oliy ta’lim
muassasalaridan kelgan talabalar qatnashdilar. Mazkur musobaqada jami 100 dan ortiq
talabalar faol ishtirok etishdi.
Qiziqarli va murosasiz kechgan bellashuvlar natijasiga
koʻra, tashkilotchilar tomonidan g‘olib bo‘lgan talabalarga pul mukofotlari
berildi. Mazkur turnirda, “Irrigator” terma jamoasi a’zosi “Ekologiya va huquq”
fakultetining 3- bosqich talabasi Muminova Muxlisa Latif qizi faxrli 3-oʻrinni egalladi hamda 500 000 soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Iqtidorli va intiluvchan talabamizni ushbu yutuqlari bilan chin qalbdan samimiy tabriklaymiz va unga o‘qish
va sport faoliyatida yanada katta zafarlar TILAYMIZ..!
“Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi v.b. dotsenti M.Norqobilov axboroti
Universitet matbuot xizmati





