“TIQXMMI” MTU delegatsiyasi Vengriyaning Debrecen universitetiga tashrif buyurdi
12.06.2025

Joriy yilning 6-iyun kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori professor Shuhrat Shokirov hamda Xalqaro reyting bo’limi boshlig’i Ilxom Abduraxmanov Vengriyaning yetkachi universitetlaridan biri bo’lgan Debrecen universitetiga tashrif buyurishdi.
“TIQXMMI” MTU delegatsiyasini
Debrecen universiteti Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat fanlarini rivojlantirish
boʻyicha masʼul sektorni rivojlantirish boʻyicha prorektori professor Endre
Harsányi qabul qildi. Shuningdek, ushrashuvda Koordinatsiya va strategik
ishlar bo’yicha direktor Oksana Kisil, Xalqaro ta'limni
muvofiqlashtirish markazining dastur direktori Laslo Kozma ham ishtirok
etdi.
Uchrashuv
avvalida har ikki universitet haqida ma’lumotlar almashilib, tanishtirib
o’tildi. Shundan so’ng, qishloq va suv xo'jaligi, gidrotexnika qurilishi, yer
resurslarini boshqarish va geoinformatika, atrof-muhit muhofazasi va ekologiya,
axborot texnologiyalari va informatika kabi yo’naishlarda hamkorlikda qo’shma
ilmiy loyihalarni amalga oshirish, maqolalar chop etish imkoniyatlari ko’rib
chiqilib, ularni amalga oshirish yo’llari muhokama qilindi. Shuningdek, tez
orada ikki universitet o’rtasida hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib
olindi.
Tashrif davomida
Debrecen universitetining ilmiy laboratoriya va markazlariga borib, amalga
oshirilayotgan ilmiy ishlar natijalari bilan tanishildi. Shundan so’ng, Geologiya
fanlari instituti rahbari, professor Szilard Szabo hamda Fizik
geografiya va geoinformatika kafedrasi dotsenti Laslo Bertalan bilan
uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda geoinformatika, geodeziya, masofadan
zondlash, kadastr va yer resurslarini boshqarish sohalarida ikki tomonlama
hamkorlikni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Navbatdagi e’lon
qilinadigan ilmiy loyihalar tanloviga birgalikda topshirish uchun bir qator
muammoli mavzular va ularning ilmiy yechimlari muhokama qilinib, birgalikda
ilmiy loyihalar shakllantirib, topshirishga kelishib olindi.
Ma’lumot uchun:
Debrecen universiteti QS xalqaro reyting agentligining dunyo universitetlari
reytingida 574-o’rinda, THE xalqaro reyting agentligining dunyo universitetlari
reytingida 801-1000-o’rinda turadi. Ushbu tashrif Vengriyaning yetakchi OTMlari
bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.









