"Green Deal Centers" Loyihasi Bo‘yicha Markaziy Osiyo Universitetlari O‘rtasida Muvaffaqiyatli Muzokaralar O‘tkazildi
12.06.2025

2025-yil 10-iyun kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti (TIIAME-NRU) tashabbusi bilan “Green Deal Centers” (GDC) loyihasini rivojlantirish yuzasidan xalqaro virtual yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi hamkor universitetlarning vakillari ishtirok etib, GDC markazlarini yaratish, ularni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, loyihaning umumiy dizaynini ishlab chiqish va kelgusidagi hamkorlik mexanizmlarini muhokama qildilar.
Yig‘ilishga TIIAME-NRU vakili Sherzod Raxmonov raislik qildi. Unda quyidagi loyiha ishtirokchilari faol qatnashdi: Dinara Jahinbek, Zaxari Reyna, Choriyev Maksad, Shaxnoza Fazlonshoeva, Iqboljon Bozarov, Gulruxsor Vanjieva, Kamol Abduvoxidov, Mergan Saparov, Kamarova Saule, Elegiya Bokayev, Edil Kanatbekov va Raxat Ray.
Yig‘ilishning asosiy maqsadi – Markaziy Osiyodagi 10 ta hamkor universitetda “Green Deal Centers” markazlarini tashkil etish bo‘yicha amaliy choralarni belgilab olish, loyiha doirasida zarur infratuzilmani shakllantirish va barqaror rivojlanishga xizmat qiluvchi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Mazkur tashabbus Yevropa Ittifoqining ekologik siyosatiga hamohang bo‘lib, hududda yashil iqtisodiyot, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va ekologik innovatsiyalarni ilgari surishga qaratilgan.