Maktablarga professor-o‘qituvchilar tashrifi
11.06.2025
#Ilmiy faoliyat
#Ta`lim
#Yangilik

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasiga biriktirilgan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 49-sonli maktabga professor-o‘qituvchilar tashrifi amalga oshirildi. Tashrif da’vomida biriktirilgan tumanlardagi umum ta’lim maktablarga universitetning foyesida QR-kodli havola aks ettirilgan pannolar o‘rnatish, bunda ta’lim yo‘nalishlari, shakllari, qabul kvotalari, o‘tish ballari, motivatsion roliklar kabi axborotlarni, ma’lumotlar aks ettirilgan flayerlar, bukletlar, bannerlarni yetkazish va o‘rnatilishini ta’minlashdi. Maktab bitiruvchilariga katta hayot yo‘lida ildam qadam qo‘yishlari uchun ularni tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilashdi.
Universitet matbuot xizmati



