“TIQXMMI” MTU professor-o‘qituvchilari Nireghaza universitetida tashkil etilgan xalqaro konferensiya va treningda ishtirok etishdi
11.06.2025

2025-yilning 2-6-iyun kunlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti (“TIQXMMI” MTU) delegatsiyasi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirilayotgan “AL-6222052520: Geofazoviy usullar orqali organik va an’anaviy dehqonchilikni qo‘llab-quvvatlash” (SOCFarm) mavzusidagi xalqaro amaliy loyiha doirasida Vengriyaning Nireghaza universitetiga tashrif buyurdi. Jumladan, delegatsiya tarkibida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Shuhrat Shokirov, Xalqaro reyting bo’limi boshlig’i Ilxom Abduraxmanov, Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo’lim boshligi Ulug‘bek Qo‘ziyev, “Tuproqshunoslik va dehqonchilik” kafedrasi mudiri Obid Xaqberdiyev, “Davlat kadastrlari” kafedrasi mudiri Zohid Mamatqulov, “Yer resurslarini boshqarish” kafedrasi katta o’qituvchisi Muhiddin Akbarov, “Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari” kafedrasi assistenti Xojiakbar Xasanov hamda “Geoinformatika” ixtisosligi tayanch doktoranti Nozimjon Teshayev ushbu universitetda tashkil etilgan xalqaro konferensiya va treningda ishtirok etishdi.
Tashrif
doirasida mehmonlarni Nireghaza universitet prezidenti professor János
Harskuti boshchiligidagi ilmiy jamoa kutib oldi. Uchrashuv davomida ikki
oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma
ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni sifatli amalga oshirish masalalari
muhokama qilindi.
Delegatsiya
Nyíregyháza universitetida tashkil etilgan “Sustainable Geospatial Solutions
for a Changing World” (O‘zgarayotgan dunyo uchun barqaror geoaxborot
yechimlari) mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi. Anjumandan
avval mahalliy matbuot vakillari ishtirokida press-konferensiya tashkil etilib,
ikki universitet o’rtasidagi hamkorlik, jumladan loyiha doirasida amalga
oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Ushbu
anjumanda “TIQXMMI” MTU va Nireghaza universiteti professor-o‘qituvchilari
o’zaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan “SOCFarm” loyiha doirasida amalga
oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo’yicha, shuningdek, boshqa
nufuzli xalqaro universitetlar mutaxassislari o‘z ilmiy ishlari taqdimoti bilan
qatnashib, amaliy tajriba va g‘oyalar bilan o‘rtoqlashdilar.
Tashrif
davomida mehmonlar universitetning ilmiy-tadqiqot markazlari, zamonaviy
moddiy-texnik bazasi hamda o‘quv-laboratoriya infratuzilmasi bilan yaqindan
tanishdilar. Xususan, geoaxborot tizimlari va masofadan zondlash
texnologiyalaridan, jumladan, uchuvchisiz uchuvchi multispektral dronlardan
foydalangan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini monitoring qilish bo‘yicha olib
borilayotgan tajriba ishlarini ko‘zdan kechirdilar.
Shuningdek,
organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, zararli hasharotlar va begona
o‘tlarga qarshi kurashish bo‘yicha agrosprey dronlaridan foydalanish amaliyoti
bilan tanishildi.
Tashrif
doirasida mehmonlarga universitet huzuridagi ko‘p yillik tarixga ega bo‘lgan
Botanika bog‘i faoliyati tanishtirildi. Darslar va amaliy mashg‘ulotlar
universitet dotsentlari Balázs Gáti, Béla Szabó va Judit Csabai
tomonidan olib borildi.
Mazkur
tashrif oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash,
ilmiy salohiyatni oshirish hamda zamonaviy agrotexnologiyalar bo‘yicha ilg‘or
tajribalarni o‘zlashtirishga xizmat qiladi.











