O‘zbekiston-Italiya ta’lim hamkorligi
31.05.2025
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi hamda Italiyaning Padova universiteti professori — Paolo Tarolli va PhD Ghirardelli Aurora xonimlarining ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminarda “Iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligida moslashish strategiyalari”, “Muvaffaqiyatli ilmiy maqola yozish usullari”, “Po daryosi deltasida (Italiya) qirg‘oq qishloq xo‘jaligi hududlarida tuproq sho‘rlanishini monitoring qilish” mavzularida tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilari Italiya va jahon tajribasi, shuningdek, sohaning dolzarb ilmiy va amaliy yechimlari bilan yaqindan tanishdilar. Seminar qizg‘in savol-javob va fikr almashinuvida boy tarzda o‘tdi. Unda professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchi tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar hamda talaba yoshlar faol qatnashdi.
Seminar barcha ishtirokchilar uchun katta ilhom va yangi bosqichga olib chiquvchi muhim tajriba bo‘ldi. Ayniqsa, xalqaro “Q1” toifali jurnallarda maqola chop etish shartlari va qoidalari yuzasidan berilgan to‘liq ma’lumotlar, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yoshlar va izlanuvchilar uchun g‘oyatda foydali bo‘ldi.