Seysmik xavfsizlik-osoyishtalik asosi
14.05.2025

Yer
qimirlashida insonlarning hayoti, mol-mulki va infratuzilmalarni himoya qilish
uchun amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuasi Seysmik xavfsizlikni
kuchaytirishdir. Bu esa xalqimizga, mamlakatimizga jiddiy zarar yetkazishi
mumkin. Bu borada sergaklik masalasi har
damda, har qadamda zarurdir.
Prezident
Shavkat Mirziyoyev 13 may kuni seysmik xavfsizlikni kuchaytirish
chora-tadbirlariga oid takliflar taqdimoti bilan tanishganlari bejiz emas.
Seysmik xavfsizlikni
taʼminlash boʻyicha bir qancha
yoʻlarilar mavjud. Yer silkinish xavfi yuqori boʻlgan hududlarni
aniqlash, zamonaviy seysmologik
stansiyalarni joylashtirish va doimiy monitoring olib borish, Geologik va geotexnik tadqiqotlar
oʻtkazish, Qurilish normalari va
texnologiyalari, yaʼni yangidan
qurilayotgan binolarni seysmik zonalarga mos ravishda loyihalash, eski binolarni mustahkamlash va
rekonstruksiya qilish, tabiiyki dolzarb
masalalardan.
Xuddi
shuningdek, yer silkinishida qanday harakat qilish lozimligi haqida aholini
oʻqitish va treninglar oʻtkazish turish foydadan xoli boʻlmaydi. Maktab,
korxona va muassasalarda evakuatsiya mashqlarini tashkil etish, axborot varaqalari, bannerlar va internet
orqali tushuntirish ishlarini olib borish ham muhim.
Ayni
paytda Favqulodda vaziyatlar xizmatini kuchaytirish, yaʼni qutqaruv xizmatlarini zamonaviy
uskunalar va transport vositalari bilan jihozlash, muhandis-qutqaruv guruhlarini tayyorlash va
ularning tezkor harakatini taʼminlash,
Seysmik xavfsizlik boʻyicha qonunchilik bazasini takomillashtirish kabi
masalalar doimo diqqat markazimizda boʻlishi maqsadga muvofiq.
Taqdimotda
taʼkidlab oʻtilganidek, mamlakatimizda
bunyodkorlik koʻlami keng. 2017 yildan buyon joylarda 11 ming 410 ta koʻp qavatli
uylar qurilgan. Bu aholini turar joy bilan yetarlicha taʼminlash, turmush
sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Qurilishning
asoslaridan biri boʻlgan seysmologiya sohasi ham rivojlantirilmoqda. Bu borada
xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlik qilib, innovatsion texnologiyalarni
tatbiq etishga eʼtibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, davlatimiz koʻp
jabhalarda tashabbuskor hamdir.
Maʼlumki,
1966 yil 26 aprelda Toshkent shahrida vayronkor zilzila sodir boʻlgan.
Oʻzbekiston Prezidenti zilzila qurbonlariga hurmat koʻrsatish va bu borada
xalqaro hamkorlik zarurligini eslatish maqsadida xotira va birdamlik kunini
taʼsis etish tashabbusini ilgari surgan edi. Buning eʼtirofi oʻlaroq, yaqinda
BMT Bosh Assambleyasi 29 aprelni Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni,
deb eʼlon qilish toʻgʻrisida rezolyutsiya qabul qildi. Bu sohada xalqaro
standartlarga mos boʻlish uchun davlatimiz rahbari yangi qurilayotgan uylarning
sifatiga eʼtiborni kuchaytirish vazifasini qoʻygan edi. Shunga muvofiq, koʻp
qavatli uylarning zilzilaga bardoshliligini oshirish va aholining seysmik
xavfsizligini taʼminlash choralari koʻrilmoqda.
Shuni alohida
taʼkidlash joizki, bu borada juda koʻp yutuqlarga erishildi. Jumladan, davlat
loyiha institutlari mutaxassislari ishtirokida joylarda oʻrganishlar
oʻtkazildi. Ushbu oʻrganish natijalari va hududlarning seysmik holati tahlili
asosida bu tizimni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqildi.
Unga koʻra,
xorijiy mutaxassislar jalb qilingan holda, binolarni oʻrganish boʻyicha yangi
amaliyot yoʻlga qoʻyiladi. Zilzilaga va boshqa tabiiy ofatlarga bardoshli
uylarni qurish boʻyicha tajriba almashish kengaytiriladi. Binolar instrumental
texnik tekshiruvdan oʻtkazilib, kamchiliklar bartaraf etiladi. Ushbu
oʻrganishlar va xorijiy tajriba asosida, seysmik xavfni, taʼsirni va xatarni
baholash yuzasidan meʼyoriy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritiladi.
Davlatimiz rahbari
qurilishda sifat va xavfsizlik birinchi oʻrinda ekanini taʼkidlab, bu
yoʻnalishlarni ilmiy rivojlantirish, sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy
etish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
Seysmik xavfsizlik —
osoyishtalik asosidir. Bu fikr nafaqat hayotiy haqiqat, balki har bir
jamiyatning barqaror taraqqiyoti uchun zarur shartdir.
Seysmik
xavfsizlikning ahamiyati shunchaki, u birinchidan,
seysmik xavfsizlik choralari — birinchi navbatda inson hayotini saqlab qolishga
qaratilgan. Yer silkinishi vaqtida toʻgʻri qurilgan binolar, tezkor evakuatsiya
rejasi va axborotning shaffofligi koʻplab insonlarning hayotini asrab qoladi.
Ikkinchidan,
iqtisodiy barqarorlikni taʼminlaydi.
Zilzila oqibatida yuz beradigan moliyaviy yoʻqotishlar davlat byudjetiga
katta zarar keltiradi. Seysmik
xavfsizlikka yoʻnaltirilgan investitsiyalar kelgusida katta iqtisodiy
yoʻqotishlarning oldini oladi.
Uchinchidan,
jamiyatda osoyishtalik va ishonch yaratadi.
Aholi seysmik xavfsizlik choralari haqida yaxshi xabardor boʻlsa, oʻzini
xotirjam his qiladi. Bu esa ijtimoiy barqarorlikka xizmat qiladi. Fuqarolar
davlat organlariga va mutaxassislarga ishonishni boshlaydi.
Toʻrtinchidan,
tabiiy ofatlarga tayyorlik darajasini oshiradi. Seysmik xavfsizlik — bu faqat
zilzila uchun emas, balki boshqa tabiiy ofatlarga ham tayyor turish madaniyati
demakdir.
Bu esa butun fuqarolik jamiyatining yetukligidan
dalolat beradi.
RAHIMBOY JUMANIYOZOV
Professor, Oʻzbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar
uyushmalari aʼzosi