”TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining IT-markazi foydalanishga topshirildi.

11.05.2025

#Rektordan #Ta`lim #Yangilik

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti hududida zamonaviy IT-markaz qurilishi yakunlandi va bugungi kunda to‘liq jihozlangan, yuqori texnologik uskunalar bilan ta’minlangan IT-markaz foydalanishga topshirildi.  


Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov, Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev, IT tadbirkor Bobir Akilxanov va universitet professor o‘qituvchilari ishtirok etdilar   


IT-markaz 4 qavatdan iborat bo‘lib, har bir qavat aniq vazifalar va yo‘nalishlarga ixtisoslashtirilgan.   


-1 qavat | Raqamli marketing, loyihalar boshqaruvi, sun’iy intellekt va dasturiy ta’minot, kovorking, markaziy kuzatuv xonasi  


1 qavat | Ofis registrator  


2 qavat | IT dasturlash, muzokaralar xonasi, trening hududi, suv resurslarini boshqarishni raqamlashtirish bo‘yicha dasturiy ta’minotlar yaratish bo‘limi  


3 qavat | Kongress zali


Endilikda ofis registratorda 22 nafar yuqori malakali menejerdan iborat jamoa kuniga 2000 dan ortiq talabalarga xizmat ko‘rsata oladi. Murojaat qiluvchi soni ko‘payganda, elektron navbat tizimi orqali qabul amalga oshiriladi, bu esa inson omilini minimallashtirgan holda tizimli va shaffof xizmatni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi. Registrator ofisida talabalar  70 dan ortiq yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumot va xizmatlarni olish imkoniga ega bo‘ladi.  


Tadbir doirasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori Baxodir Mirzayev va Forbes jurnalining o‘zbek eksperti Bobir Akilhanov bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.