AI Girls Bootcamp

07.05.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Xotiz-qizlarimiz uchun Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan AI Girls Bootcamp — bu IT, marketing va dizayn yo‘nalishlarida rivojlanishni istaganlar uchun unutilmas imkoniyat loyihasi e’lon qilingan edi.

  Talabalar Festivali doirasida tashkil etilgan ushbu oromgoh, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yosh xotin-qizlarni sun’iy intellekt va texnologiyaga keng jalb qilish maqsadida amalga oshirildi.

  Dastur davomida ishtirokchilar 6 kun davom etgan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Yoshlar Oromgohida dasturlash, marketing va kreativ fikrlash yo‘nalishlarida tajribali mentorlardan chuqur bilim o‘rganib, amaliy loyihalarda ishtirok etishdi.

  Jumladan Ekologiya va huquq fakulteti yurisprudensiya yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Muminova Muxlisa Latif qizi marketing sohasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritib, IT boshlang‘ich bilimlarni o‘rgandi, va dastur so‘ngida bepul vaucher FULL STACK PHYTON dasturlash kursi hamda sertifikat bilan mukofotlandi. 

  Undan tashqari Bootcamp yoshlari doirasida o‘tkazilgan sport musobaqasida ham faol ishtirok etib, sportning stol tennisi yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.