Ustozlar doimo e’tibor va ehtiromimizda
07.05.2025

Joriy yilning 7-may kuni Ustozlarni yodga olib kafedramiz faxriylari ziyorat qilindi. Ko‘p yillar samarali mehnat qilgan kafedramiz rivojiga katta hissa qo‘shgan ustoz dotsentlarimiz Musayev Rinat Sultonovich hamda Ra’no Asomovadan xabar olishga oshiqdilar.
Universitetimiz Professional ta’lim kafedrasi mudiri D.Muqumova boshchiligida kafedra dotsenti A.Jumanovlar ustozlar bilan samimiy suhbat o‘tkazib eng ezgu tilaklar bilan esdalik sovg‘alari topshirib ko‘ngil so‘radilar. Ustozlar doimo hurmat va e’tiborga loyiqdir ularning bizga qoldirgan maqola, kitob va o‘quv qo‘llanmalari hanuzgacha foydali bo‘lib yosh avlod foydalanmoqda.
Uchrashuv chog‘ida o‘tgan yorqin xotiralar yodga olinib ko‘tarinki kayfiyat samimiy suhbat bo‘ldi desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Nafaqat "Xotira va qadrlash kuni" da doimo ular bizning e’tibor va ehtiromimizda.
Shu kunlarda yaqinlashib kelayotgan 9-may “Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barcha ustozlarimizni, o‘qituvchilarimizni tabriklaymiz, barchamizga ushbu kun muborak bo‘lsin!
Tayanch doktorant Z.Temirova axboroti
Universitet matbuot xizmati