Ilmga baxshida umr

07.05.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Shunday insonlar borki, ular bilan muloqot qilish kishiga alohida quvonch baxsh etadi, ularning qalblari boy, ko‘zlaridan doim yaxshilik nuri yog‘ilib turadi.

  “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi dotsenti Tadjiyev Marat Abbasovich ana shunday insonlardan biri. Olim o‘z umrini ilmga, yoshlar tarbiyasiga bag‘ishlamoqda. Olim ushbu davr mobaynida o‘zining ochiqko‘ngililigi, samimiyligi tufayli juda ko‘plab do‘stlar orttiradi, shogirdlar yetishtiradi.

  “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari kecha “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Tadjiyev Marat Abbasovichning xonadoniga tashrif buyurishdi va holidan xabar olishdi.

Universitet matbuot xizmati